Daryo

OAV: AQShda 20 yoshli reperni otib ketishdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa reper motosalondan chiqqanida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish56 144 ko‘rishlar0 izoh3
Foto: Billboard

XXXTentacion taxallusi bilan tanilgan amerikalik reper Jasey Dueyn Onfroy 18-iyun, dushanba kuni Mayamida vafot etdi. Bu haqda TMZ portaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Billboard

Ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa reper motosalondan chiqqanida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs Onfroyning oldiga kelib unga o‘q uzgan va qo‘shiqchining sumkasini olib, voqea joyidan yashiringan. Reper koma holatiga tushgan, biroq keyinroq Brouard okrugi politsiyasining ma’lum qilishicha, reper shifoxonada vafot etgan.

XXXTentacion 1998-yilda Floridadagi Planteyshen shahrida tug‘ilgan. Onfroyning 2017-yilda chiqargan “17” nomli albomi AQShda eng ko‘p sotilgan albomlar reytingi — Billboard 200’da ikkinchi pog‘onani egallagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar