Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Barat Mamenov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Barat Mamenov YHXB boshlig‘i lavozimida 2015-yil yozidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ayni paytda YHXB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Jamshid Jo‘rayev boshqarma rahbari vazifasini bajarmoqda.