Daryo

Abdulaziz Komilov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi

1 daqiqa o‘qish13 484 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TIV matbuot xizmati

10-fevral kuni Tehron shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Eron aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish chog‘ida alohida e’tibor Afg‘onistondagi vaziyat o‘zgarishiga qaratildi, xususan, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar