Daryo

OAV: Elyor G‘aniyev tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi

G‘aniyev 1997-yildan beri tashqi va tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida rahbar lavozimlarda ishlab kelardi

1 daqiqa o‘qish47 910 ko‘rishlar0 izoh0
Elyor G‘aniyev. Foto: XPK

O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Kun.uz” o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Elyor G‘aniyev.Foto: XPK

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Hisob palatasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo‘jayev Tashqi savdo vazirligi rahbariga aylangan.

Ma’lumot uchun, 1960-yilda tug‘ilgan Elyor G‘aniyev
  • 1997—2002-yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri,
  • 2002—2005-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o‘rinbosari),
  • 2005—2006-yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o‘rinbosari),
  • 2006—2010-yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri,
  • 2010—2012-yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vaziri o‘rinbosari),
  • 2012-yil yanvaridan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
lavozimida ishlab kelgan.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 13-apreldagi farmoni bilan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil etilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar