“O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tarkibiga kiruvchi korxonalar umumiy sonining 19 foizi faoliyat yuritmayapti.

O‘zAning qayd etishicha, konsern tarkibidagi korxonalar 30 foizining ishlab chiqarish faoliyati tayyor mahsulotni qadoqlash, o‘rash va yorliq yopishtirish bilan chegaralangan.
“Hozirgi vaqtda dori ishlab chiqarish uchun import qilinayotgan xom ashyo umumiy sonining 23,4 foizi tayyor mahsulot hisoblanadi”, — deb yozadi agentlik.
Mahalliy farmatsevtika korxonalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga bo‘lgan manfaatdorligi mavjud emasligi oqibatida “O‘zfarmsanoat” korxonalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan asl dori vositalarining ulushi bor yo‘g‘i 1,3 foizni tashkil etadi.Mavzuga doir: O‘zbekiston korxonalari farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniga ega emasligi ma’lum qilindi








