19-oktabr kuni Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi yoshlar birlashmasining ta’sis konferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda birlashma matbuot xizmati xabar bermoqda.
Konferensiyada Alisher Islomov Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, yoshlar birlashmasi raisi etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirishda kasaba uyushmalari yosh faollarining taklif va tavsiyalarini inobatga olgan holda mazkur qaror qabul qilindi.
Izoh (0)