Daryo

Abdulaziz Komilov va Javod Zarif O‘zbekiston va Eron TIVlari o‘rtasidagi Hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17-oktabr kuni Tehronda eronlik hamkasbi Javod Zarif bilan uchrashdi

1 daqiqa o‘qish11 816 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Tehronga 17-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Xabar berishlaricha, vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqa siyosati muammolari yuzasidan fikr almashgan.

Suhbat chog‘ida Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida 11-sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning uchrashuvi O‘zbekiston—Eron muloqoti faollashishiga yangi turtki berganligi ta’kidlangan.

“Vazirlar tomonlar uchun ahamiyatga ega barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladi”, — deyiladi TIV axborotida.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Eronning BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar