Daryo

Olmazor tumanining yangi prokurori va bosh militsioneri tayinlandi

Olmazorning to‘rt rahbari — hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i va soliq inspeksiyasi rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etilgan edi

1 daqiqa o‘qish45 332 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UzNews

Olmazor tumaniga yangi IIB boshlig‘i va prokuror tayinlandi. Bu haqda 27-aprel, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Olmazor tumani Ichki ishlar bo‘limiga polkovnik Abdumajid Mullajonov boshliq etib tayinlandi. Bungacha u Toshkent shahrining Bektemir va Mirobod tumanlari IIBlariga, shuningdek, Toshkent viloyati IIBga rahbarlik qilgan.

Shuningdek, Tohir Azamatov Olmazor tumani prokurori etib tayinlandi.

Avvalroq Toshkent shahrining sobiq hokimi, 2016-yil sentabridan beri Jizzax shahriga hokimlik qilib kelayotgan Abduqahhor To‘xtayev Olmazor tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Olmazor tumanining to‘rt rahbari — hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i va tuman soliq inspeksiyasi rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mazkur tumanga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar