Daryo

Neymar “Barselona”da 100 ta gol urish uchun Messidan kamroq vaqt sarfladi

25 yoshli futbolchi kataloniyaliklar tarkibida 100 va undan ortiq gol urgan 18-futbolchiga aylandi

1 daqiqa o‘qish17 820 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty

“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar “Granada”ga qarshi (4:1) La Liga 29-turida gollardan biriga mualliflik qilib, kataloniyaliklar safida urgan gollari sonini 100 taga yetkazib oldi, deb xabar bermoqda ESPN FC.

Foto: Twitter / @Squawka
2013-yili “Santos”dan “Barselona”ga kelib qo‘shilgan braziliyalik futbolchiga mazkur natijani qayd etish uchun 177 uchrashuv kerak bo‘ldi. Messi Kataloniya klubi uchun 100 ta gol urishiga 188 uchrashuv kerak bo‘ldi, deb yozadi Metro.

Mavzuga doir: “Real”dan keyin “Barselona” ham Facebook’da 100 million obunachiga ega bo‘ldi

“Barselona” uchun 100-golimni urganimdan xursandman va uni menga yordam bergan jamoadoshlarimga bag‘ishlayman. Neymar, futbolchi
Foto: Goal

Neymar Rivaldo (130 ta gol) va Evaristodan (105 ta gol) keyin “Barselona” safida 100 va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘lgan uchinchi braziliyalikka aylandi.

Foto: Goal

Bundan tashqari, 25 yoshli futbolchi kataloniyaliklar tarkibida 100 va undan ortiq gol urgan 18-futbolchiga aylandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar