Daryo

Hasanboy Do‘stmatovda g‘alaba. O‘zbekistonliklar Qozog‘istondagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers bunga qadar Toshkentda Rossiya va Xitoy jamoalarini bir xilda — 5:0 hisoblarida mag‘lub etgandi

1 daqiqa o‘qish174 180 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Uzbek Tigers — Astana Arlans to‘qnashuvi Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatovning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Foto: “Olamsport”

Kunning to‘rtinchi jangida eng yengil vazndagi sportchilar ringga chiqdi — Hasanboy Do‘stmatov va Temirtas Jusupov. -49 kilogrammli bokschilar jangida o‘zbekistonlik sportchi raqibidan har uchala referi qaroriga ko‘ra ustun keldi — 3:0 (50:45, 49:46, 50:45).

Avvalroq Elnur Abduraimov, Abdulhay Shorahmatov va Isroil Madrimov qozog‘istonlik raqiblariga imkoniyat qoldirmay, bir xilda — 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozongan, Zuxriddin Mahkamov esa Anton Pinchukdan 0:3 hisobida yengilgandi.

Ma’lumot uchun, tomonlarning Qozog‘istondagi uchrashuvida mezbonlar 4:1 hisobida ustun kelgandi. Toshkentda esa shuning aksi takrorlanib, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan jamoa 4:1 hisobida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers bunga qadar Toshkentda Rossiya va Xitoy jamoalarini bir xilda — 5:0 hisoblarida mag‘lub etgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar