Daryo

Tadbirkor 1-martgacha bankdan terminal olishga ulgurmasa nima bo‘ladi?

Tadbirkor baribir jarimaga tortiladi. Lekin masalaning boshqa yechimi bor

1 daqiqa o‘qish215 104 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UZ24
O‘zbekiston Prezidentining 15-fevraldagi “Pul muomalasini takomillashtirish va bank plastik kartochkalari asosida hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda terminalsiz savdo qilish taqiqlandi. Taqiq 1-martdan kuchga kiradi

Qarorga asosan, mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatuvchi savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari 2017-yil 1-martdan boshlab to‘lov terminallarisiz faoliyat yuritishi taqiqlanadi.

21-fevral kuni Toshkent shahar hokimligida Prezident qarorining Toshkent shahridagi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan dolzarb savol o‘rtaga tashlandi: agar tadbirkorlik subyektiga bank tomonidan 1-martga qadar to‘lov terminali yetkazib berilmasa, nima bo‘ladi?

Muzaffar Pardayev. Foto: “Gazeta.uz”

Savolga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Pardayev javob berdi.

Unga ko‘ra, tadbirkor tomonidan bankka to‘lov terminali so‘rab ariza berilsa va bank tadbirkorga 1-martgacha to‘lov terminalini yetkazib bermasa, tadbirkor eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida (21-fevral holatiga ko‘ra — 4 493 250 so‘m)  jarima to‘laydi. Shundan so‘ng, tadbirkor bank ustidan sudga shikoyat arizasi bilan murojaat qilib, to‘langan jarima summasini bankdan undirib olishi mumkin.

Mavzuga doir: To‘lovni plastik kartochkadan qabul qilishni rad etgan tadbirkor qariyb 15 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar