Daryo

Davlat soliq qo‘mitasi: Terminal talabi dehqon bozorlari rastalaridagi sotuvchilarga taalluqli emas

Prezident qarorida ko‘rsatilgan talab faqat turg‘un savdo nuqtalariga daxldor

1 daqiqa o‘qish105 358 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab chakana savdo va pulli xizmat ko‘rsatish sohasida terminalsiz faoliyat yuritish Prezident qarori bilan taqiqlandi, biroq bu taqiq dehqon bozorlari savdo rastalardagi sotuvchilarga taalluqli emas.

“Novosti Uzbekistana” nashrining Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidentning 15-fevraldagi qarori faqat turg‘un savdo nuqtalariga daxldor bo‘lib, dehqon bozorlari rastalaridagi sotuvchilar 1-martdan keyin ham terminalsiz faoliyat yuritishi mumkin.
Dehqon (oziq-ovqat) bozori — keng turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning savdo rastalari, savdo o‘rinlari, turg‘un savdo shoxobchalari (shu jumladan savdo pavilonlari, kioskalari)dan foydalangan holda chakana va mayda ulgurji oldi-sotdisi amalga oshiriladigan bozor. Prezident tomonidan imzolangan hujjat faqat turg‘un savdo nuqtalari — oziq-ovqat va buyum do‘konlari, jumladan, bozorlardagi do‘konlar, savdo shoxobchalari, bekatlardagi Paynet shoxobchalari, qahvaxonalar, sartaroshxonalar va hokazolarga taalluqlidir. Muzaffar Nazarov, Davlat soliq qo‘mitasi matbuot kotibi

Mavzuga doir: O‘zbekistonda terminalsiz savdo qilish taqiqlandi. Taqiq 1-martdan kuchga kiradi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar