Shunday liboslar borki, ular kishining tashqi ko‘rinishiga bir necha kilogramm qo‘shadi. Bunday holatning oldini olish uchun ana shunday liboslar ro‘yxati bilan tanishing va ularni kiyishda ehtiyot bo‘ling.
Qalin to‘qilgan sviter
Bunday sviter nozik maktab o‘quvchisiga yarashishi mumkin, biroq o‘rta yoshli ayolga emas. Ulardan yupqa kashmiri sviterlar foydasiga voz kechishni tavsiya etamiz.
Yaltiroq matolar
Yaltirash effekti tufayli ular sizni diskoteka shariga o‘xshatib qo‘yadi va albatta semizroq ko‘rsatadi. Yaltiroq buyumni istayotgan bo‘lsangiz, kumush taqinchoq taqishingiz mumkin.
Gorizontal chiziqlar
Bu qoida haqida barcha stilistlar bir ovozdan ogohlantirishiga qaramasdan, ba’zilar ana shunday liboslar bilan tajriba qilib ko‘rishdan cho‘chimaydi. Chiziqlarni yoqtirsangiz, ularning vertikal joylashganini tanlang. Shunda ular sizni xushbichimroq ko‘rsatadi.
Agar siz tanlagan kalta shimning bel qismi ham pastda bo‘lsa, ular songa urg‘u berib, qomatning umumiy ko‘rinishini buzadi. Yaxshisi bel qismi yuqorida bo‘lgan shimlarni tanlang. Ular oyoqlarni uzunroq ko‘rsatadi.
Shaklsiz kardigan
Bunday kardigan sviter kabi qomatni yirikroq ko‘rsatishdan tashqari, songa urg‘u beradi. Agar kardigandan voz kecha olmasangiz, uning qora va aniq shakldagisini tanlang. Shuningdek, u belga urg‘u berib, tizzadan pastroq uzunlikda bo‘lishi kerak.
Izoh (0)