Islom Karimov vafot etgan sana — 2-sentabr har yili Birinchi Prezident Xotira kuni sifatida yod etiladi. Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar esa har yili keng nishonlanadi.

Islom Karimov. Foto: “Gazeta.uz”

Islom Karimov.

Foto: “Gazeta.uz”

Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25-yanvar kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorda belgilab qo‘yilgan.

Qaror “xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida” qabul qilingan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.