Daryo

“El-Klasiko” tarixidagi eng yaxshi 10 to‘purar (foto)

3-dekabr kuni futbol mavsumining eng qiziqarli uchrashuvida “Barselona” jamoasi “Kamp Nou” stadionida “Real” futbolchilarini qabul qiladi

2 daqiqa o‘qish66 837 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty

3-dekabr, shanba kuni futbol mavsumining eng qiziqarli uchrashuvida “Barselona” jamoasi “Kamp Nou” stadionida “Real” futbolchilarini qabul qiladi. “El-Klasiko” nomini olgan ushbu to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start olishi rejalashtirilgan.

Foto: Getty
“iSport.ua” nashri “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi prinsipial o‘yin oldidan “El-Klasiko”ning eng yaxshi 10 to‘purari haqida ma’lumot berdi.

10–9. Yugo Sanches (“Real”) – 10 ta gol

Foto: “iSport.ua”
Meksikalik futbolchi “Real” safida 7 mavsum o‘tkazib, 283 o‘yinda 208 ta gol kiritdi. “El-Klasiko”da u 10 ta gol kiritgan.

10–9. Xosep Samityer (“Barselona”) – 10 ta gol

Foto: “iSport.ua”
Xosep Samityer 1919–1932-yillar davomida “Real” darvozasiga 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinroq u “Real” tarkibiga qo‘shilib, Madridda 2 mavsum o‘ynagan.

8. Santilyana (“Real”) – 12 ta gol

Foto: “iSport.ua”
Santilyana “El-Klasiko”lardan “Barselona” darvozasini 12 marta ishg‘ol qilgan.

7–6. Pako Xento (“Real”) – 14 ta gol

Foto: “iSport.ua”
Xento 1953–1971-yillarda “Real” sharafini himoya qilib, jami 128 ta gol urgan. Shulardan 14 tasi “Barselona” darvozasidan joy olgan.

7–6. Ferens Pushkash (“Real”) – 14 ta gol

Foto: “iSport.ua”
Vengriyalik to‘purar madridliklar tarkibiga 31 yoshida qo‘shilgan bo‘lsa-da, “Real”ning 180 o‘yinida maydonga tushgan va 156 ta gol kiritgan. “El-Klasiko”da Pushkash 14 ta gol kiritish uddasidan chiqqan.

5. Sesar Rodriges (“Barselona”) – 14 ta gol

Foto: “iSport.ua”
Ispaniyalik futbolchi “Kamp Nou”da 16 mavsum o‘tkazdi. Kataloniyaliklar safidagi uzoq yillik faoliyati davomida Sesar Rodriges jami 190 ta gol kiritgan. Shulardan 14 tasi prinsipial raqib bilan o‘yinda urilgan.

4. Raul (“Real” ) – 15 ta gol

Foto: “iSport.ua”
Afsonaviy Raul Madrid klubining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ispaniyalik futbolchining hisobida 323 ta gol mavjud. Raul 16 yil davomida “Barselona” darvozabonlarini 15 marta ranjitgan.

3. Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 16 ta gol

Foto: “iSport.ua”
“Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purar “Qirollik klubi”da yettinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Shu vaqtgacha u oq libosda 400 ta gol urgan. “Barselona” darvozasiga esa portugaliyalik futbolchi 16 marta yo‘l topgan.

2. Alfredo Di Stefano (“Real”) – 18 ta gol

Foto: “iSport.ua”
Alfredo Di Stefano 1953–1964-yillarda “Real” sharafini himoya qildi. Ushbu vaqt mobaynida u 369 uchrashuv o‘tkazib, 307 ta gol muallifiga aylangan. Di Stefano kataloniyaliklar darvozasiga 18 ta to‘p kiritishga erishgan.

1. Lionel Messi (“Barselona”) – 21 ta gol

Foto: “iSport.ua”

“Barselona” yetakchisi, “ko‘k-anor ranglilar” tarixidagi eng yaxshi futbolchi Lionel Messi jamoa safida 472 ta gol urgan. “Real” darvozasiga 21 ta gol kiritgan argentinalik “El-Klasiko” tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar