Daryo

O‘zbekiston va Turkmaniston magistrallarini avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari bog‘laydi

Yangi ko‘priklar mintaqadagi eng yirik shu turdagi inshootlar bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish33 382 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.uz”

2017-yil boshida Amudaryo orqali avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari o‘tkazilib, ular O‘zbekiston va Turkmaniston transport magistrallarini o‘zaro bog‘laydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Ashxobodda BMT shafeligida o‘tayotgan barqaror transport bo‘yicha birinchi global konferensiya chog‘ida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bu borada bayonot berdi.

Turkmaniston rahbarining ta’kidlashicha, yangi ko‘priklar mintaqadagi eng yirik shu turdagi inshootlar bo‘lib, ikki tomonlama transport oqimi harakatini sezilarli darajada tezlashtiradi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar