Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tailandning uchta janubiy provinsiyasida 4-noyabrga o‘tar kechasi ayirmachilarning portlatish, yondirish va otishmali hujumlari seriyasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Xabarda qayd etilishicha, Songkxla, Pattani va Naratxivat provinsiyalarida tun davomida kamida 12 ta jangovor hodisa qayd etildi.

Songkxla provinsiyasida noma’lum kimsalar avtomobil sotish do‘konida ikki nafar qo‘riqchini otib o‘ldirdi va portlovchi qurilmani portlatdi. Yana bir kishi Pattani provinsiyasida, qurollangan kishilarning hukumat qo‘shinlariga qarata o‘q uzishi oqibatida halok bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, zo‘ravonlikning avj olishi ayirmachilarning mahalliy hukumatning tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga javobi bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi