Daryo

Netanyaxu Peresning dafn marosimida Mahmud Abbosning ishtirok etishiga ruxsat berdi

Abbosning sobiq prezident Shimon Peres dafn marosimida ishtirok etish bo‘yicha so‘rovi Netanyaxu tomonidan qanoatlantirildi

1 daqiqa o‘qish19 210 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin yetakchisi Mahmud Abbosning Isroilning sobiq prezidenti, marhum Shimon Peres dafn marosimida ishtirok etish bo‘yicha kiritgan so‘rovini qanoatlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

“Abbosning sobiq prezident Shimon Peres dafn marosimida ishtirok etish bo‘yicha so‘rovi Netanyaxu tomonidan qanoatlantirildi”, — ma’lum qildi Haaretz nashri.

Ilgariroq Abbos bu boradagi so‘rovni Isroil hukumatining Falastin hududidagi xatti-harakatlari koordinatori general-mayor Yoav Mordexayga yo‘llagani ma’lum qilingan edi.

Abbosga Falastin kontrrazvedkasi rahbari Majid Faraj, Falastinni ozod qilish tashkiloti bosh kotibi Sohib Erekat hamda Falastin ma’muriyatining fuqarolik ishlari bo‘yicha vaziri Husayn al-Shayx hamrohlik qilishi kutilmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar