Daryo

Falastin rahbari Shimon Peresning dafn marosimida qatnashishga ruxsat so‘radi

So‘rov Isroil hukumatining Falastin hududidagi xatti-harakatlari koordinatori general-mayor Yoav Mordexayga yo‘llangan

1 daqiqa o‘qish14 864 ko‘rishlar0 izoh0
Mahdum Abbos. Foto: IRNA

Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Isroilning sobiq prezidenti, yaqinda olamdan o‘tgan Shimon Peresning dafn marosimida ishtirok etishga ruxsat olish uchun so‘rov kiritdi. Bu haqda, “Gaarets” nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Mahdum Abbos. Foto: IRNA

Aytilishicha, so‘rov Isroil hukumatining Falastin hududidagi xatti-harakatlari koordinatori general-mayor Yoav Mordexayga yo‘llangan.

Abbosga Falastin kontrrazvedkasi rahbari Majid Faraj, Falastinni ozod qilish tashkiloti bosh kotibi Sohib Erekat hamda Falastin ma’muriyatining fuqarolik ishlari bo‘yicha vaziri Husayn al-Shayx hamrohlik qilishi kutilmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar