Daryo

OAV: Isroil sobiq prezidentining miyasi o‘lgani qayd qilindi va qarindoshlari u bilan vidolashishga chaqirildi

Isroilning to‘qqizinchi prezidenti 13-sentabr kuni insultni boshdan kechirgan edi

1 daqiqa o‘qish24 764 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Isroilning sobiq prezidenti, miyasiga qon quyilishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan 93 yoshli Shimon Peresning qarindoshlari u bilan vidolashish uchun chaqirildi. Bu haqda, Isroilning 10-kanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: EPA

O‘z navbatida, The Jerusalem Post nashri mamlakatning sobiq rahbari o‘ta og‘ir ahvolda ekanligini, uning miyasi o‘lganini qayd qilmoqda.

Isroilning to‘qqizinchi prezidenti 13-sentabr kuni insultni boshdan kechirgan edi. Shifokorlar uni sun’iy komaga o‘tkazib, havo aylantirish apparatiga ulab qo‘ygan edi.

Bir muddatdan so‘ng Peres sun’iy komadan chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar uning ahvoli biroz yaxshilanganini, lekin haligacha og‘ir bo‘lib qolayotganini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar