Daryo

Isroil sobiq prezidenti Shimon Peres 30-sentabr kuni Quddusda dafn etiladi

Shimon Peres 28-sentabr, chorshanba kuni 93 yoshida vafot etdi

1 daqiqa o‘qish15 956 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Isroil sobiq prezidenti Shimon Peresning dafn marosimi 30-sentabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Isroil jamoatchilik radiosi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: Reuters

Sobiq prezident Quddus shahridagi Gersl tog‘ida dafn etilishi kutilmoqda. Peres bilan vidolashuv marosimi 29-sentabr, payshanba kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, miyasiga qon quyilishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres 28-sentabr, chorshanba kuni 93 yoshida vafot etdi.

Siyosatchi vafotidan so‘ng ko‘zning muguz pardasi donoriga aylandi. Uni transplantatsiyaga ehtiyoj sezuvchi bemorlar qo‘lga kiritadi. Donorlik transplantatsiyasi Peresning xohishiga ko‘ra, oilasining roziligi bilan amalga oshirildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar