Daryo

“Temur tuzuklari” veb-sayt ko‘rinishida taqdim etildi

Saytda “Temur tuzuklari” asari haqidagi qimmatli maqola va qiziqarli ma’lumotlariga keng o‘rin berilgan

1 daqiqa o‘qish21 882 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Temur tuzuklari”

Sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari foydalanuvchilarga veb-sayt ko‘rinishida taqdim etildi. Bu haqda “Daryo”ga UzInfocom xabar berdi.

Foto: “Temur tuzuklari”

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarligida Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish Markazi — UzInfocom tomonidan ishlab chiqildi.

Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarining veb-saytini foydalauvchilar uchun qiziqarli va qulay ishlab chiqishda yuqorida keltirilgan nashrning matni hamda Amir Temur va “Temur tuzuklari” asariga ishlangan miniatyuralar, rangli illyustratsiyalar va suratlardan foydalanildi.

Shuningdek, veb-saytda “Temur tuzuklari” asari haqidagi qimmatli maqola va qiziqarli ma’lumotlariga keng o‘rin berilgan. Ahamiyatlisi, ma’lumotlar foydalanuvchilar uchun qulay, zamonaviy shakllarda taqdim etilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur veb-sayt “Temur tuzuklari”, “Solnoma”, “Ehtirom”, “Qiziqarli ma’lumotlar” bo‘limlari hamda “Fotogallereya” va “Mundarija”ga egadir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar