AQSh huquqni muhofaza qilish organlari Los-Anjeles aeroportiga o‘g‘irlangan o‘qlangan qurolni olib o‘tishga urinish holati bo‘yicha ikki kishini qo‘lga oldi. Ulardan biri amerikalik xip-xop ijrochisi, Coolio nomi bilan tanilgan Kichik Artis Leon Ayvidir. Bu haqda ABC kanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kanalning ma’lum qilishicha, qurol 53 yoshli artistning sumkasidan topilgan. Musiqachi qurol topilgan sumka unga tegishli ekanini tasdiqlagan.
Coolio’ni qamoqdan ozod etish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan garov puli summasi 37,3 ming dollarni tashkil etadi.
Coolio Gangsta Paradise nomli albomi uchun 1996-yilda “Gremmi” mukofotiga loyiq deb topilgan edi.
Izoh (0)