Daryo

Turkiya tanklari va samolyotlari Suriyadagi IShID marralariga zarbalar berdi

Turkiya armiyasi artilleriya va yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarini ham qo‘llamoqda

1 daqiqa o‘qish21 210 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

Turkiya Jarablusdagi (Suriya) IShID marralariga tanklar orqali 70 marotaba zarba berdi. Bu haqda harbiy manbalarga tayanib, Turkiyaning NTV telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

Foto: AFP

Manbalarga ko‘ra, Turkiya ham tarkibiga kiruvchi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi yana 12 ta marraga zarba berdi. Operatsiyada mamlakatning F-16 qiruvchi samolyotlari safarbar etilgan. Turkiya armiyasi artilleriya va yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarini ham qo‘llamoqda. 

Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilgan 2015-yil noyabridan beri birinchi marta Suriyadagi IShID marralariga zarba berish uchun harbiy samolyotlardan foydalangani bildirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya qo‘shinlari Suriya hududiga kirgani haqida xabar berilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar