Daryo

UMS O‘zbekistonda rejaga muvofiq rivojlanishda davom etadi

UMS 2014-yilning 1-dekabrida O‘zbekiston hududida mobil aloqa tarmog‘i tijoriy ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘ygan edi

1 daqiqa o‘qish29 066 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.uz”

Universal Mobile Systems MChJ uyali aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun 2029-yilga qadar amal qiladigan litsenziyaga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

“Kompaniya mobil operator sifatida barcha xizmat va servislarni ko‘rsatmoqda, yangi abonentlarni tarmoqqa ulashni va amaldagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqda”, — deyiladi operator saytida joylashtirilgan xabarnomada.

“Jiddiy salohiyatga ega bo‘lgan UMS barcha yo‘nalishlardagi rivojlanishning uzoq istiqbolli strategiyasi realizatsiyasini davom ettiradi, bunda barcha mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratadi”, — ta’kidlanadi xabarnomada.

4-avgust, payshanba kuni Rossiya matbuotida “MTS” kompaniyasi avgust oyining oxiriga qadar UMS muassislari qatoridan chiqishi mumkinligini xabar qilingan edi. Ushbu axborot rasmiy tasdiqqa ega emas edi.

UMS 2014-yilning 1-dekabrida O‘zbekiston hududida mobil aloqa tarmog‘i tijoriy ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘ygan edi. 2016-yil boshidagi holatga ko‘ra kompaniya abonentlari soni 1,095 million foydalanuvchini tashkil etdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar