O‘zbekistonda 24-iyul, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, mamlakatning ba’zi hududlarida havo harorati +44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Yakshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +13...+18 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida +20...+27 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
24-iyul kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +24...+29 daraja iliq, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +33...+38 daraja, Toshkent shahrida esa +37...+39 daraja issiq bo‘ladi.
Shu kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo harorati +41 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +42 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarning ayrim hududlarida +44 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)