Daryo

Ronaldusiz finalda Yevropa chempioniga aylangan Portugaliya. Yevro—2016 finalidan fotoreportaj

Ronalduning ko‘z yoshlari bilan boshlangan o‘yin nafaqat fransuz futbolchilari, balki butun Fransiyaning ko‘z yoshlari bilan tugadi

1 daqiqa o‘qish40 668 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty

Bir oylik futbol bayrami yakuniga yetdi — 10-iyul, yakshanba oqshomida futbol bo‘yicha 2016-yilgi Yevropa chempionati final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Finalgacha bo‘lgan olti uchrashuvning beshtasida asosiy vaqtda durang o‘ynagan Portugaliya musobaqa mezboni Fransiyaga qarshi maydonga tushdi. Biroq 24-daqiqada o‘z sardori — Krishtianu Ronaldusiz qoldi (unga ataylab jarohat yetkazishdimi yoki?..).

Portugaliya finalning asosiy vaqtida ham durang o‘ynadi. Biroq qo‘shimcha daqiqalarda hal qiluvchi golni ura oldi — zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Eder uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasi bilan Portugaliya qahramoniga aylandi.

Ronalduning ko‘z yoshlari bilan boshlanib, nafaqat fransuz futbolchilari, balki butun Fransiyaning ko‘z yoshlari bilan tugagan o‘yin fotoreportaji bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty
Foto: Getty

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar