Foto: Turkiyada oilaviy hordiq chiqarayotgan xonanda Rayhon
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ayni paytda Turkiyada hordiq chiqarmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Foto: Instagram / @rayhonganievaXonanda dam olishga farzandlari Islom va Imronni ham olib ketgan. Rayhon Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislariga dam olish qay tarzda o‘tayotgani haqida ma’lumot berib bormoqda.
Suratlardan biriga u “Hech qachon o‘zingizni o‘tmishingiz uchun koyimang, siz shunchaki baxtli bo‘lishga uringansiz”, kabi fikrlarini yozib qoldirgan. Xonandaning muxlislari bu fikrlarning to‘g‘ri ekanligini ta’kidlab, inson hamisha oldinga qarab intilishi kerakligini yozgan.
Izoh (0)