Daryo

Toshkentda qurib bitirilayotgan Hyatt Regency mehmonxonasining ilk fotosuratlari taqdim etildi

Mehmonxona lobbisiga sharqona unsurlar qo‘llanilgan holda neobarokko uslubida zeb berilgan

1 daqiqa o‘qish117 116 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: My Day

Toshkent markazida Hyatt xalqaro tarmog‘iga kiruvchi mehmonxonaning qurilish ishlari nihoyasiga yetib qoldi. Mehmonxonaning rasmiy ochilishi 2016-yilning 1-iyuliga belgilangan. Shu munosabat bilan My Day uning ilk fotosuratlarini  taqdim etdi.

Foto: My Day

Mehmonxonada 300 ta xona, tomdagi italyancha pitsseriya, “Xiva” restorani va ochiq ayvonli bar, 2300 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega konferens-zonalar, 855 kvadrat metrdan iborat alohida zalga ega bino, spa xonalari, fitnes markazlari va 20 metrli yopiq hovuz bor.

Foto: My Day

Mehmonxona lobbisiga sharqona unsurlar qo‘llanilgan holda neobarokko uslubida zeb berilgan.

Foto: My Day
Foto: My Day
Foto: My Day

Mehmonxona hududida 3 ta food-zona faoliyat yuritadi. Lobbida Chai lounge, kuniga 24 soat ishlaydigan “Xiva” restorani, ochiq ayvonchadagi dijey pultiga ega Sette italyancha bistrosi ham joylashgan.

Foto: My Day
Foto: My Day
Foto: My Day
Foto: My Day

Anjumanlar va tadbirlar uchun 2300 kvadrat metrdan ortiq maydon ajratilgan. Shuningdek, alohida 855 kvadrat metrli zal mavjud.

Foto: My Day

Mehmonxona hududida 300 ta xona bo‘lib, ulardan 38 tasi “lyuks” toifasiga kiradi. Bulardan tashqari, 5 ta diplomatik xona, shuningdek, bitta prezidentlik xonasiga xizmat ko‘rsatiladi. Xonalar maydoni 35–190 kvadrat metr orasida.

Foto: My Day
Foto: My Day
Foto: My Day
Foto: My Day
Foto: My Day
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar