Mustaqillikning 25 yilligi tantanalari arafasida Namangandagi “Kamolot” yoshlar bog‘ida yangi musiqiy favvoraning ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri Xusan Ubaydullayev xabar berdi.
Ochilish marosimida favvoraning atrofi 2 mingdan ziyod namanganlik yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.
Tadbirda teatr, kino aktyorlari Isamat Ergashev, Vazira Yunusova, Muyassar Berdiqulova, Sayyora Yunusova, Ulug‘bek Qodirov, Umid Iskandarov, Nargiza Salmonova, Muqaddas Sa’dullayeva, estrada xonandalari Samandar Hamroqulov, Yulduz Turdiyeva, Yodgor Mirzajonov, Mashhurbek Raimjonov, “Mango” guruhi ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Izoh (0)