Daryo

Dunyodagi eng qudratli narkobaron tushkunlikni yengish uchun qamoqxonada “Don Kixot”ni o‘qimoqda

Xoakin Gusman qamoqxonaga qochuvlardagi hayotidan charchagan, tushkun ahvolda keltirilgan

1 daqiqa o‘qish12 958 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Meksikadagi o‘ta qattiq tartibli “Altiplano” qamoqxonasida saqlanayotgan “Pakana” laqabli mashhur narkobaron Xoakin Gusman Loera tushkunlikda ekanligi bildirilmoqda. Bu holatni yengishi uchun qamoqxona rahbariyati unga Migel de Servantesning “Don Kixot” kitobini berdi. Bu haqda Meksika jinoyatchilikni oldini olish va ijtimoiy moslashish boshqarmasi boshlig‘i Eduardo Gerrero ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: AP

“U bizga qochuvlardagi hayotidan charchagan, tushkun ahvolda keltirildi. Buni birinchi so‘roq chog‘ida o‘zi ham tan oldi. Shuning uchun unga ‘Don Kixot’ kitobini berdik, — deya ta’kidlagan Gerrero Imagen radiosiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xoakin Gusman 8-yanvar kuni Sinaloa shtatidagi Los-Mochis shahrida maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga tushirilgan. Bundan oldinroq u Gollivud aktyori Shon Penn bilan suhbatda o‘zining dunyodagi eng qudratli narkobaron ekanligini tan olgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar