Daryo

Yaponiyalik olimlar Mendeleyev davriy jadvalining 113-elementini kashf etgani tan olindi

113-elementga hozircha nom berilgani yo‘q, lekin uning “yaponiy” deb atalishi ehtimoli katta

1 daqiqa o‘qish11 270 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Wisegeek

Yaponiya hukumati mamlakat fizika-kimyo tadqiqotlari instituti (RIKEN) Mendeyelev davriy jadvalining 113-elementini kashf etgani rasman tan olinganini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Wisegeek

Mazkur element muallifligiga Rossiya va AQSh mutaxassislari ham da’vogarlik qilgan, biroq nazariy va amaliy kimyo hamda fizika xalqaro uyushmalari birlashgan komissiyasi yapon olimlari tomonidan bajarilgan yangi element sintezi ishonchliligi yuqori ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga keldi.

Sintezga professor Koske Morita boshchiligidagi fiziklar guruhi tomonidan 2004, 2005 va 2012-yillardagi tajribalar davomida qo‘l urilgan. 113-elementga hozircha nom berilgani yo‘q, lekin uning “yaponiy” deb atalishi ehtimoli katta.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar