Daryo

OAV: 113-kimyoviy element “yaponiy” deb atalishi mumkin

Mualliflikka yapon olimlaridan tashqari Rossiya va AQSh mutaxassislari ham da’vo qilmoqda

1 daqiqa o‘qish10 916 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Mendeleyev davriy jadvalidagi 113-kimyoviy elementni yaratgan olimlar nomi kelgusi yil yanvarida e’lon qilinadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

“Sankey” gazetasining ma’lum qilishicha, mualliflik Yaponiya tabiiy fanlar instituti olimlariga taqdim etilgan taqdirda, mazkur element “yaponiy” deb ataladi. Mualliflikka Rossiya va AQSh mutaxassislari ham da’vo qilmoqda. Biroq, nashrning ta’kidlashicha, nazariy va amaliy kimyo (IUPAC) hamda fizika (IUPAR) xalqaro uyushmalari birlashgan komissiyasiga yaponiyalik olimlar o‘tkazgan sintez ishonchliligi Rossiya va AQSh mutaxassislari ishidan ko‘ra yuqoriroq ekanligi bildirilgan ma’ruza taqdim etilgan.

113-element ilk bor 2003-yili, Rossiya va AQSh olimlari 115-element sintezi bo‘yicha o‘tkazgan tajribalar chog‘ida “qo‘shimcha element” sifatida olingandi. Biroq bu ixtiro IUPAC tomonidan tan olinmagan. Yapon olimlari 113-elementni tezlatkichda vismut va rux reaksiyasini o‘rnatish orqali olishga harakat qilgan va natijada uch marta: 2004, 2005 hamda 2006-yillarda sintezlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu kashfiyot tan olinishi uchun olimlar reaksiyani mustaqil laboratoriyada takrorlashiga to‘g‘ri keladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar