Daryo

Texasda yuz bergan tornado oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Hukumat qurbonlar soni oshishi mumkinligini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish7 000 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Hronika.info”

Texasda 26-dekabr, shanba kuni yuz bergan tornado oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.

Foto: “Hronika.info”

Kamida 40 ta uy zarar ko‘rgan yoki vayron bo‘lgan. Hukumat qurbonlar soni oshishi mumkinligini ta’kidladi.

Bo‘lib o‘tgan bo‘ronlar va tornado tufayli aeroportning Dallas va Fort-Uert o‘rtasidagi faoliyati bir soatga yaqin to‘xtatib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning janubi-sharqida yuz bergan ob-havoning yomonlashuvi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 18 kishiga yetgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar