Daryo

AQShda tornado va toshqinlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi

Yog‘ingarchilik miqdori 1990-yilda qayd etilgan rekord darajadan ikki barobarga oshib ketdi

1 daqiqa o‘qish7 088 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Photo-Day

AQShning janubi-sharqida yuz bergan ob-havoning yomonlashuvi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotlar asosida “Interfaks” xabar qilmoqda.

Foto: Photo-Day

Iqlimning g‘ayrioddiy ravishda isib ketishi, jala-yomg‘ir va tornadolarning qayta-qayta takrorlanishi janubi-sharqdagi shtatlarda so‘nggi ikki haftadan beri kuzatilmoqda. Odamlar asosan toshqinlardan aziyat chekmoqda. Ayrim aholi turar joylarida yomg‘ir 100 millimetrgacha bo‘lgan miqdorda yog‘ib, yog‘ingarchilik miqdori 1990-yilda qayd etilgan rekord darajadan ikki barobarga oshib ketdi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda jarohat olganlar soni 56 kishiga yetib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 241 ta uy zarar ko‘rgan.

Janubi-sharqda joylashgan shtatlarda e’lon qilingan bo‘ron tahdidi bo‘yicha ogohlantirish 27-dekabr, yakshanba kuni ham amalda bo‘ladi.

Oldinroq AQShning Missisipi, Tennessi va Arkanzas shtatlarida bo‘lib o‘tgan po‘rtana va tornadolar oqibatida 14 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar