Daryo

Chilidagi zilzila qurbonlari soni 13 kishiga yetdi

Kokimbo ma’muriy markazining tumanlaridan birida yana bir erkakning jasadi topildi

1 daqiqa o‘qish7 251 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Chili hukumati 18-sentabr, juma kuni kechqurun mamlakatdagi kuchli zilzila qurbonlari soni 13 kishiga yetganligini ma’lum qildi. Bedarak yo‘qolganlar esa olti nafarni tashkil etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

Foto: AP Photo

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy xizmatning ma’lumotlariga qaraganda, Kokimbo ma’muriy markazining tumanlaridan birida yana bir erkakning jasadi topilgan. Shu paytgacha yer qimirlashi oqibatida 12 nafar chililik halok bo‘lgan deb hisoblangan edi.

Ta’kidlanishicha, Kokimboda 1,5 mingdan ortiq fuqaroning mol-mulkiga zarar yetgan. Mamlakat bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich uch minggacha odamni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Chili markaziy sohillarida 17-sentabrga o‘tar kechasi yuz bergan 8,3 magnitudali zilziladan so‘ng, 18-sentabr kuni 6,3 magnitudali yana bir zilzila sodir bo‘ldi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar