Daryo

Chilida 8,3 magnitudali zilzila natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

Zilzila kuchli sunamini keltirib chiqardi. Bir milliondan ziyod kishi evakuatsiya qilindi

1 daqiqa o‘qish9 048 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: tsn.ua

Chilidagi zilzilalar natijasida besh kishi qurbon bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK”. Buni Chili tashqi ishlar vaziri tasdiqladi, biroq bu dastlabki ma’lumot ekanligini ta’kidladi.

Foto: tsn.ua

Chili markaziy sohillaridagi 8,3 magnitudali zilzila kuchli sunamini keltirib chiqardi. Bir milliondan ziyod kishi evakuatsiya qilindi.

Prezident Mishel Bachelet 17-sentabr kuni tabiiy ofat tufayli vayron bo‘lgan hududlarga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar