Daryo

Yaman prezidenti Adanni tark etib, noma’lum tomonga qarab qochdi

Bunga shaharga xusiylar yaqinlashayotgani sabab bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish12 182 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy Adan shahridagi boshpanasidan noma’lum yo‘nalishga qarab qochdi, bunga shaharga xusiylar yaqinlashayotgani sabab bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

25-mart kuni avvalroq isyonchi xusiylar Adandan 60 kilometr naridagi yirik aviabazaga hujum qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, isyonchilar shaharga 40 kilometr masofagacha yaqin kelgan. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, shahardagi davlat xizmatchilariga uyga ketish haqida buyruq berilgan. Adanning ba’zi fuqarolari qurollanib olgan.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegarasini mustahkamlash maqsadida u yerga zirhli texnikalarni joylashtirayotganligi xabar berilgan edi.

O‘z navbatida, Yaman prezidenti BMT Xavfsizlik kengashini Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashiga Yaman va uning xalqini xusiylardan himoya qilish uchun istalgan yordamni, jumladan harbiy intervensiya qilishni so‘ralgan murojaat yo‘llangani haqida rasman xabardor qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar