Daryo

Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegarasiga harbiy texnikalarni joylashtirmoqda

Zirhli texnika va artilleriya ham hujum, ham himoya maqsadida ishlatilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish10 320 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Saudiya Arabistoni Yaman bilan chegarasini mustahkamlash maqsadida u yerga zirhli taxnikalarni joylashtirmoqda, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: EPA

“Zirhli texnika va artilleriya ham hujum, ham himoya maqsadida ishlatilishi mumkin. Agar xusiylar Yaman prezidenti Xodiyning mamlakat janubidagi Adan portida joylashgan boshpanasiga hujum qilsa, saudiyalik aviazarbalarni tayyorlashi mumkin”, − dedi Reuters’ning AQSh hukumatidagi manbasi.

O‘z navbatida, Yaman prezidenti BMT Xavfsizlik kengashini Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashiga Yaman va uning xalqini xusiylardan himoya qilish uchun istalgan yordamni, jumladan harbiy intervensiya qilishni so‘ralgan murojaat yo‘llangani haqida rasman xabardor qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar