Daryo

Dani Alves Ice Bucket Challenge doirasida muzdek suvga cho‘mildi va Messiga chaqiriq yo‘lladi

Muzdek suvga cho‘milgan Alves Lionel Messi, model Adriana Lima va teleboshlovchi Faustaoni ham shu ishni takrorlashga yoki xayriya qilishga chaqirdi

1 daqiqa o‘qish13 454 ko‘rishlar0 izoh0
Daniel Alves. Foto: fcbarcelona.com

“Barselona” klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Daniel Alves Ice Bucket Challenge aksiyasiga qo‘shildi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Daniel Alves. Foto: fcbarcelona.com

Ice Bucket Challenge aksiyasiga ko‘ra, mashhur insonlar o‘z ustilaridan muzdek suv quyib yuborishi va buni tasvirga olib, uch nafar do‘stiga bu ishni takrorlashni yoki xayriya jamg‘armasiga pul o‘tkazishni taklif qilishi lozim. Xayriyadan tushadigan mablag‘ amiotrofik skleroz — Lu Gerig kasalligiga chalinganlarga sarflanadi. Bu kasallik odamning bosh miya sistemasiga ta’sir qilib, keyinchalik falajlikka olib kelishi mumkin.

Dani Alves ham ushbu aksiya doirasida muzdek suvga cho‘mildi va uch nafar do‘sti — futbolchi Lionel Messi, model Adriana Lima va teleboshlovchi Faustaolarni ham shu ishni takrorlashga yoki xayriya qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, keng tarqalayotgan aksiya doirasida Ronalduning ustidan suv quyishgan edi.

Avvalroq Facebook asoschisi Mark Sukerberg ham o‘z ustidan suv quyib, Microsoft asoschisi Bill Geytsga chaqiriq yo‘llagan, ko‘p o‘tmay, Bill Geyts ham tadbir ishtirokchisiga aylangan edi.

Bundan tashqari, Apple kompaniyasining rahbari Tim Kuk shu ishni amalga oshirgani haqida xabar berilgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar