Daryo

Apple rahbari ham Mark Sukerberg singari o‘z ustidan muzdek suv quyib yubordi (video)

Apple rahbarini bunday qilishga kompaniyaning marketing rahbari Fil Shiller chaqirgan

1 daqiqa o‘qish13 186 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Verge

Apple kompaniyasining rahbari Tim Kuk ham Sharko (mushak falaji) kasalligi bilan og‘riganlar uchun pul yig‘ish hayriya kampaniyasi doirasida o‘z ustidan muzdek suv quyib yubordi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: The Verge

Apple direktorini bunday qilishga kompaniyaning marketing rahbari Fil Shiller chaqirgan. O‘z ustidan muzdek suv quyib yuborishga chaqirilgan kishilar bu ishni bajarishlari yoki hayriya qilishlari yoki bularning ikkalasini ham amalga oshirishlari mumkin.

O‘z ustidan muzdek suv quyib yuborgan kishilar yana uch kishini 24 soat ichida shunday qilishga undashi mumkin. Tim Kuk Disney rahbari Bob Iger, Beats asoschisi Dr. Dre va musiqachi Mixail Frantilarni o‘zlarining ustidan muzdek suv quyishga chaqirdi.

Bu hayriya kampaniyasi keng tarqalmoqda: avvalroq Facebook rahbari Mark Sukerberg shu ishni amlaga oshirgani haqida xabar berilgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar