Toshkent yuridik kollejida “Amir Temur – adolat va qudrat timsoli” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
Anjumanda Amir Temurning hayoti, faoliyati, jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, temuriylar davri davlatchilik siyosati, “Temur tuzuklari” asarida o‘z ifodasini topgan ezgu g‘oyalar va ularning bugungi kundagi ahamiyati, tariximizning ushbu davriga oid yangi tadqiqotlar xususida so‘z yuritildi.
Kollej o‘quvchilari Amir Temur va temuriylar davriga oid badiiy asarlar asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.
Izoh (0)