Lionel Messi Jahon chempionatlarida eng ko'p "O'yinning eng yaxshi futbolchisi" mukofotiga sazovor bo‘lgan o‘yinchiga aylandi.
Argentina 2026-yilgi Jahon chempionatining birinchi bosqichida Jazoirni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Xet-trik qayd etgan Messi "Man of the match" deb topildi.
2002-yildan beri topshirilayotgan ushbu mukofotni argentinalik hujumchi 12-marta qo'lga kiritishi - bu rekord natija.
2014-yilgi Braziliyadagi Jahon chempionatida Messi bunday e’tirofga to'rt marta erishgandi. Shuningdek, o‘sha mundialda Niderlandiya yarim himoyachisi Uesli Sneyder ham shuncha marta "MVP"ni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Lionel Messi 6 ta Jahon chempionati o‘yinlarida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.








