Daryo

“Jazoirga qarshi o‘yinda Messi maydondan chetlatilishi kerak edi” — sobiq hakam

Lionel Messi mazkur uchrashuvda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish5 731 ko‘rishlar0 izoh3

La Liganing sobiq hakami Pavel Fernandesning fikricha, Lionel Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida Jazoirga qarshi 3:0 hisobidagi o'yinda Aissa Mandiga qarshi qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilishi kerak edi.

O'yinning 31-daqiqasida, Argentina 1:0 hisobida oldinda bo'lganida, Messi Jazoir himoyachisi Aissa Mandining boldiriga butsasining tishlari bilan zarba berib, uni yiqitdi. Hakam Shimon Marchiniak argentinalik futbolchiga nafaqat qizil, hattoki, sariq kartochka ham ko'rsatmadi. Shuningdek, vaziyatga VAR ham aralashmadi. Oxir-oqibat, Messi o'yinda xet-trik qayd etdi.

"Men o‘sha vaziyat videosini ko‘rib, futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatish kerakligiga amin bo'ldim. Menimcha, Argentina bir kishi kam bo‘lib qolishi kerak edi. Hakam xatoga yo‘l qo‘ydi.

Foto: Sports.ru

Marchinyak dunyodagi eng yaxshi hakam deb hisoblangani unga o'z qoidalari bo'yicha hakamlik qilish huquqini bermaydi. U Jazoirga qarshi o‘yinda Lionel Messiga to'rtta sariq va bitta qizil kartochka ko'rsatmadi. Menimcha, hakam kartochkalarini kiyim almashtirish xonasida qoldirib ketgandek tuyuldi", dedi Fernandes Marca radiosiga bergan intervyusida.

Jazoirga qarshi uchrashuvda Messi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shu tariqa u Jahon chempionatlarida eng ko'p "O'yinning eng yaxshi futbolchisi" mukofotiga sazovor bo‘lgan o‘yinchiga aylandi. Bunday e’tirofga Messi 12-marta sazovor bo‘ldi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar