Daryo

Donald Tramp Nikolas Maduro qoʻlga olinganini maʼlum qildi

Venesuela prezidenti rafiqasi bilan birga mamlakatdan olib chiqib ketilgan.

2 daqiqa o‘qish14 244 ko‘rishlar0 izoh3

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qoʻlga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilgan. Bu haqda AQSH prezidenti Donad Tramp maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, AQSH Nikolas Maduroga qarshi keng koʻlamli hujumni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

“Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga qoʻlga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketildi. Ushbu operatsiya AQSH huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Tafsilotlar keyinroq eʼlon qilinadi. Bugun soat 11:00 da Mara Lagoda yangiliklar konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Ushbu masalaga eʼtiboringiz uchun tashakkur”, deb yozgan Tramp.

Bugun, 3-yanvar kuni tunda Venesuela poytaxti Karakas shahridagi harbiy va fuqaroviy obyektlarga havo hujumi amalga oshirildi. Hukumat AQSHni mamlakatga hujum qilganlikda ayblab, favqulodda holat joriy etdi. Manbaga koʻra, poytaxtda kamida yetti portlash sodir etilgan. 

Portlash oqibatida Karakasdagi harbiy bazadan tutun koʻtarilgani, yana bir harbiy inshoot elektrsiz qolgani xabar qilingan. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro barcha milliy mudofaa rejalarini amalga oshirishni buyurgan va mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilgan. Hukumat oʻz tarafdorlarini koʻchalarga chiqishga chaqirgan.

Avvalroq 2025-yil dekabrda Qoʻshma Shtatlar Venesuela sohilidagi port inshootiga dron orqali hujum uyushtirgani xabar qilingandi. Bu AQSHning Venesuela ichidagi nishonga ilk zarba berishi boʻlgan. Dron hujumi orqali mamlakat sohilidagi chekka kema toʻxtash joyi nishonga olingan. AQSH hukumatining bildirishicha, ushbu obyektdan Venesuelaning Tren de Aragua jinoiy guruhi giyohvand moddalarni saqlash va ularni keyinchalik kemalarga yuklab joʻnatish uchun foydalangan. Ushbu zarba AQSH va Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oʻrtasidagi keskinlikni sezilarli darajada oshirgan. Bungacha AQSH Karib dengizi va Tinch okeanining sharqiy qismida giyohvand moddalar tashishda gumonlangan 30 dan ortiq kemani yoʻq qilgan edi. Ammo bu zarbalar xalqaro suvlarda amalga oshirilgan. Venesuela hududi ichida hujum uyushtirish esa — yangi bosqichdir.

Oq uy maʼmuriyati ushbu kampaniyani giyohvandlikka qarshi kurash bilan izohlamoqda. Biroq Trampning apparat rahbari Syuzi Uayls intervyularidan birida kema zarbalaridan maqsad Maduroni taslim boʻlishga majburlash ekanini shama qilgan. AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset narkobaronlarni terrorchilarga qiyoslagan

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar