Daryo

Vinisius rekord summa evaziga Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkin 

“Real” rahbariyati braziliyalik yulduzning narxi vaqt o‘tishi bilan pasayib borishini tushunib turibdi

1 daqiqa o‘qish22 240 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining bir qancha klubi vakillari “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish rejasidan qaytmagan. The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Saudiya jamoalari uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi va muzokaralar allaqachon boshlangan.

Foto: Defensacentral

Vinisius Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi tomonidan boshqariladigan klublardan biriga o‘tishi mumkin. Bular “Al-Hilol, “Al-Ahli”, “An-Nassr” va “Al-Ittihod” jamoalari hisoblanadi. Uning transferi taxminan 242 million yevroga baholanmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Hozirgi rekord Neymarga tegishli bo‘lib, u 2017-yilda “Barselona”dan “PSJ” ga 222 million yevroga transfer qilingan edi.

Madrid klubi Vinisiusni qo‘yib yuborishni istamayapti, lekin futbolchining o‘zi rozilik bersa, bitim amalga oshishi mumkin. Sababi “Real” rahbariyati braziliyalik yulduzning narxi vaqt o‘tishi bilan pasayib borishini tushunib turibdi. Uning “qaymoqranglilar” bilan tuzilgan shartnomasi 2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida Vinisius joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan hamda 8 bor assist muallifiga aylangan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar