Daryo

Filippinda energetika sohasida favqulodda holat e’lon qilindi

Mamlakat prezidenti Erondagi urush tufayli mamlakatning energiya xavfsizligiga bevosita xavf tug‘ilganini aytdi va bir yil amal qiluvchi maxsus rejimni joriy etdi.

2 daqiqa o‘qish3 130 ko‘rishlar0 izoh1

Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markos 24-mart kuni Erondagi urush ortidan mamlakatning energiya xavfsizligiga bevosita xavf yuzaga kelgani munosabati bilan umummilliy energetika favqulodda holati rejimini joriy etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Markosning ta’kidlashicha, yonilg‘i, oziq-ovqat, dori-darmon, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa hayotiy muhim tovarlarning tartibli harakati, yetkazib berilishi va mavjudligini ta’minlash maqsadida maxsus qo‘mita tuzilgan.

OAVga taqdim etilgan farmoyishda aytilishicha, Yaqin Sharqdagi urush global energiya bozorlarida noaniqlikni keltirib chiqargan, yetkazib berish zanjirini uzgan hamda xalqaro neft narxlarining keskin o‘zgaruvchanligi va o‘sishiga sabab bo‘lgan.

“Umummilliy energetika favqulodda holatining e’lon qilinishi hukumatga amaldagi qonunlar doirasida global energiya ta’minotidagi uzilishlar va ichki iqtisodiyotga nisbatan xavflarni bartaraf etish uchun muvofiqlashtirilgan choralarni ko‘rish imkonini beradi”, deyiladi hujjatda.

Hukumatga berilgan yangi vakolatlar

Bir yil davomida amalda bo‘ladigan ushbu deklaratsiya hukumatga quyidagi huquqlarni beradi:

  • zarur yonilg‘i va neft mahsulotlarini o‘z vaqtida va yetarli miqdorda sotib olish;
  • zarurat tug‘ilganda, shartnoma summasining bir qismini oldindan to‘lash (bo‘nak berish).

Filippin energetika vaziri Sheron Garin 24-mart kuni o‘tkazilgan brifingda mamlakatning joriy iste’mol darajasidan kelib chiqilsa, taxminan, 45 kunlik yonilg‘i zaxirasi mavjudligini aytdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ichki bozorda barqarorlikni saqlash (bufer zaxira yaratish) uchun Janubi-sharqiy Osiyo va undan tashqaridagi davlatlardan jami 1 million barrel neft sotib olish choralarini ko‘rmoqda.

Avvalroq Filippinda davlat xizmatchilari haftasiga kamida bir kun masofadan ishlashga o‘tkazilgandi. Prezident davlat sektorida muhim bo‘lmagan xizmat safarlarini taqiqlagan va haydovchilar hamda baliqchilarga 50 dollardan 84 dollargacha yordam puli ajratgan.

Osiyo yonilg‘ini tejash maqsadida qanday choralar ko‘rmoqda?

AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi oqibatida yuzaga kelgan yonilg‘i tanqisligi fonida Osiyo mamlakatlari keskin tejamkorlik choralarini ko‘rmoqda. Xususan, Shri Lanka hukumati davlat muassasalari uchun haftaning har chorshanba kunini qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qildi.

Tailandda hukumat konditsionerlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish uchun aholini rasmiy kostyumlar o‘rniga kalta yengli futbolkalar kiyishga chaqirmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar