Daryo

Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda masjidni yoqib yubordi

Falastinning Vaqf vazirligi Hajj Hamid masjidiga o‘t qo‘yilishini jirkanch deb atab, Isroilni muqaddas joylarni tahqirlashda ayblamoqda.

1 daqiqa o‘qish1 971 ko‘rishlar0 izoh1

Isroillik ko‘chmanchilar 12-noyabr kuni bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Al Hajj Hamid masjidni yoqib yuborib, uning devorlarida irqchilik mazmunidagi yozuvlar qoldirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Guvohlarning aytishicha, qurollangan ko‘chmanchilar Dayr Istiya qishlog‘iga bostirib kirgan va yong‘in chiqargan. Mahalliy aholi olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq bino qisman zarar ko‘rgan.

“Isroilning navbatdagi varvarligi”

Falastinning Vaqf vazirligi hujumni jirkanch deb atab, Isroilni muqaddas joylarni tahqirlashda ayblamoqda. Vazirlik bayonotida aytilishicha, Al Hajj Hamid masjidining yoqib yuborilishi Isroilning musulmon va nasroniy muqaddas joylariga qarshi davom etayotgan varvarligi va provakatsion siyosatining navbatdagi ko‘rinishidir.

“Bosqinchilar va ko‘chmanchilar tomonidan takrorlanayotgan hujumlar sabab, ibodat uchun xavfsiz joy qolmadi”, deyiladi bayonotda.

Ko‘chmanchilar hujumlari ko‘paymoqda

Mahalliy manbalarga ko‘ra, masjidga hujum Isroil armiyasi himoyasida harakatlanayotgan ko‘chmanchilarning falastinliklarga va ularning mol-mulkiga qarshi hujumlari kuchaygan bir paytda sodir bo‘lgan. So‘nggi kunlarda G‘arbiy Sohilning turli hududlarida Isroil armiyasi reydlari va ko‘chmanchilar hujumlari oqibatida ko‘plab falastinliklar yaralangan.

Yahudiy aholi punktlariga qarshi kurash kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oktyabr oyidan buyon isroillik qurollangan ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda 7 154 marta hujum uyushtirgan va 33 nafar falastinlikni o‘ldirgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar