Daryo

Eron oliy rahnamosi oʻlgani tasdiqlandi

Xomanaiyning oʻlimi munosabati bilan mamlakatda 40 kunlik milliy motam va bir haftalik ta’til e’lon qilindi.

1 daqiqa o‘qish23 566 ko‘rishlar0 izoh15

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy 28-fevral kuni mamlakatga qilingan hujumlarda halok boʻlgani tasdiqlandi. Bu haqda Eronning IRNA, Fars, Tasnim, Mehr, ISNA medialari xabar berdi.

Eron oliy rahnamosi oʻlimi munosabati bilan mamlakatda 40 kunlik milliy motam va bir haftalik ta’til e’lon qilindi. Xomanaiydan tashqari Isroil va AQSH hujumlari oqibatida uning qizi, kuyovi, nabirasi va kelini ham halok boʻlgan.

Dastlab Xomanaiyning o‘limi haqida Isroil ommaviy axborot vositalari xabar tarqatgan edi. O‘shanda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu ma’lumotni rad etgan. U oliy rahnamo va mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon tirik ekanini aytgan.

Shundan keyin Reuters agentligi Isroilning yuqori martabali rasmiysiga tayanib, Xomaniy oʻlganini ma’lum qildi. AQSH prezidenti Donald Tramp ham bu ma’lumotni tasdiqlagandi.

86 yoshli Oyatulloh Ali Xomanaiy 1989-yildan buyon Eronni boshqarib kelmoqda. Oliy rahbar sifatida u mamlakatda hokimiyatning barcha tarmoqlari, shuningdek, harbiy va sud tizimi ustidan eng yuqori vakolatlarga ega.

Isroil va AQSH 28-fevral kuni Eronga hujumlarni boshladi, bunga javoban Islom respublikasi AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga va Isroilga raketalar uchirdi. Hozirda Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Bahraynda portlashlar qayd etilgan.​ AQSHning Bahrayndagi bazasi jiddiy shikastlangan. Mintaqa davlatlarining aksariyati oʻzining havo hududini yopgan, bu davlatlarga kirish va chiqish reyslari toʻxtatilgan.

Voqeaga aloqador soʻnggi yangiliklar va videolarni @daryo_live kanalida ham kuzatib boring.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar