Daryo

“Dinamo” U-19 jamoasining 18 yoshli futbolchisi Sardor Murodov vafot etdi

Futbolchi o‘zining so‘nggi uchrashuvini 21-aprel kuni “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazgan.

1 daqiqa o‘qish28 460 ko‘rishlar0 izoh5

Samarqandning “Dinamo” klubi og‘ir judolikka uchradi. Jamoaning U-19 tarkibi a’zosi, 18 yoshli Sardor Murodov vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Dinamo” professional futbol klubi yosh futbolchining bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

“Sardor Murodov jamoaning umidli yarim himoyachilaridan biri edi. U 2025-yilgi mavsum davomida U-19 chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, jamoa muvaffaqiyatlariga o‘z hissasini qo‘shgan. Futbolchi o‘zining so‘nggi uchrashuvini 21-aprel kuni “Paxtakor”ga qarshi (2:2) o‘tkazgan va unda asosiy tarkibda harakat qilgan edi”, deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Sardor Murodov professional futboldagi qadamlarini 2023-yilda “Yunired” jamoasida boshlagan va o‘sha mavsumda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. 2024-yildan e’tiboran u “Dinamo” safiga qo‘shilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar